» » O‘zbekiston “yagona Xitoy” siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston “yagona Xitoy” siyosatini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi


12-may kuni Pekinda “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Hujjatni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Szinpin imzoladi.

Hujjat olti bo‘limdan iborat bo‘lib, u turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish jarayonlarini qamrab oladi.

Jumladan, qo‘shma bayonotda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tomoni “yagona Xitoy” siyosati olib borilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati butun Xitoyni ifodalovchi yagona qonuniy hukumatligini, Tayvan va Tibet esa Xitoy hududining ajralmas qismi ekanligini yana bir bor bayon qiladi. O‘zbekiston tomoni har qanday shakldagi “Tayvan mustaqilligi”ga qarshi chiqadi, Tayvan bo‘g‘ozi ikki tomoni o‘rtasidagi munosabatlarning tinch rivojlanishi hamda mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish maqsadida Xitoy hukumati tomonidan olib borilayotgan barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu havola orqali bayonotning to‘liq matni bilan tanishish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют