» » O‘zbekiston Xitoyga Shavkat Mirziyoyevning XXRga tashrifi davomida bir qator hujjatlar imzolashni taklif qildi

O‘zbekiston Xitoyga Shavkat Mirziyoyevning XXRga tashrifi davomida bir qator hujjatlar imzolashni taklif qildi


O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitaning 24-martda Toshkentda bo‘lib o‘tgan 5-yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning may oyida XXRga amalga oshiradigan davlat tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar to‘plami ma’lum qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga davlat tashrifi bilan boradi

O‘zbekiston tomoni tashrif davomida bir qator hujjatlarni imzolashni, shu jumladan, davlat rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha munosabatlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilishni taklif etdi.

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida

Davlat idoralari o‘rtasida esa

Joriy yilning 29-martida Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mita yig‘ilishida hamda aprel oyida tashkil etiladigan transport, energetika va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mita yig‘ilishida tashrif doirasida imzolanadigan hujjatlar va shartnomalar yuzasidan muzokaralar olib boriladi. Aprel oyining uchinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston—Xitoy hamkorligi bo‘yicha qo‘mitaning 4-yig‘ilishida imzolanadigan hujjatlarning yakuniy to‘plami kelishib olinadi.

O‘zbekiston tomoni bo‘lajak tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют