» » WSJ: NATO Rossiyaga qarshi turish uchun Atlantikada bosh qo‘mondonlikni tiklashi mumkin

WSJ: NATO Rossiyaga qarshi turish uchun Atlantikada bosh qo‘mondonlikni tiklashi mumkin


NATO qurolli kuchlarining 2003-yili tugatilgan Atlantikadagi bosh qo‘mondonligi Arktik suvlarda Rossiya submarinalarining tahdidi sezilarli darajada oshgani bois alyansning yangi strukturasida qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda, The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Aytilishicha, shu hafta Bryusselda NATO mamlakatlari generaliteti uchun brifing o‘tkazilib, unda Atlantikada NATO qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimini qayta tiklash masalasi muhokama qilingan. Yig‘ilishda AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford ham ishtirok etgan.

Gazetada ta’kidlanishicha, ekspertlar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari Arktika va Shimoliy Atlantikada erkin harakat qilish uchun borgan sayin ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. O‘z navbatida, NATOning bu hududlar monitoringi bo‘yicha imkoniyatlari qisqarmoqda.

“Biz har qanday tahdidni hisobga olishimiz lozim”, — dedi NATO harbiy qo‘mitasi raisi Petr Pavel.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-05-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют