» » Kanada va AQSh qurolli kuchlari birgalikda mashg‘ulot o‘tkazadi

Kanada va AQSh qurolli kuchlari birgalikda mashg‘ulot o‘tkazadi


Kanada qurolli kuchlari AQSh armiyasi tomonidan o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Mashg‘ulotlarda ikki mamlakat harbiy kuchlarining dala sharoitida birlashishi bo‘yicha o‘zaro harakat ustida ishlanadi. Bu haqda Kanada milliy mudofaa vazirligining xabariga tayanib, “TASS” ma’lum qildi.

AQSh qurolli kuchlarining Warfighter deb nomlangan mashg‘uloti Vashington shtatining Takoma shahri yaqinidagi Lyuis-Makchord harbiy bazasida joriy yilning 27-martidan 13-apreligacha bo‘lib o‘tadi. Kanada tomonidan mashg‘ulotlarda 1-mexanizatsiyalashtirilgan brigadaning 150 nafar askar va ofitseri ishtirok etadi.

Vazirlik tomonidan berilgan xabarda ta’kidlanishicha, brigada askarlari va ofitserlari Ukraina qurolli kuchlari askarlarini o‘qitishda, shuningdek NATOning Sharqiy Yevropadagi operatsiyalarida ishtirok etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют