» » Braziliya Oliy sudi prezident Mishel Temerga qarshi jinoiy ish ochishga ruxsat berdi

Braziliya Oliy sudi prezident Mishel Temerga qarshi jinoiy ish ochishga ruxsat berdi


Braziliya Oliy sudi Edson Fakin korrupsiyada gumon qilinayotgan mamlakat prezidenti Mishel Temerga qarshi jinoiy ish ochishga ruxsat berdi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Oliy sudga tegishli so‘rov mamlakat Bosh prokuraturasi tomonidan yuborilgandi. Shu tariqa, Temer rasman korrupsiyada ayblanuvchiga aylandi.

Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbari jinoiy ta’qibdan qisman daxlsizlikka ega, shu bois unga nisbatan tekshiruv faqat Oliy sud instansiyasi sanksiyasi bilan boshlanishi mumkin.

Braziliyalik tadbirkorlar aka-uka Joesli va Uesli Batista Oliy sudga Temer sobiq prezident Dilma Russefga impichment e’lon qilinishi tashabbuskori bo‘lgan parlament quyi palatasi sobiq spikeri Eduardu Kunyani go‘yo pora evaziga o‘ziga ag‘darib olishni so‘ragan videoyozuvni topshirdi. Telekanalga ko‘ra, pullar “Kunyaning sukutini sotib olish uchun” mo‘ljallangan.

Mishel Temerning o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (19-05-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют