» » Chevrolet Hindiston va JAR bozorini tark etadi

Chevrolet Hindiston va JAR bozorini tark etadi


Joriy yil oxiriga qadar General Motors Chevrolet brendini ikki bozor — Hindiston va Janubiy Afrika respublikasidan olib chiqadi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda. 

Bu maqsadlar uchun konsern tomonidan 500 million dollar sarflanadi, tejaladigan mablag‘ esa yiliga 100 million dollarni tashkil etadi. 

Hindistondagi zavod avtomobillarni faqat eksportga yig‘ishga yo‘naltiriladi, Port-Elizabet shahridagi (JAR) korxona esa Isuzu kompaniyasiga sotiladi.

Financial Times nashriga ko‘ra, Chevrolet ikki mamlakatni sotuv hajmi pastligi tufayli tark etmoqda. Jumladan, Hindistonda brend bozorning 0,9 foizini egallagan. 21-mart kuni yakunlangan o‘tgan moliyaviy yilda sotuv 25,8 ming dona mashinani tashkil etdi. 

Taqqoslash uchun: Suzuki Hindiston bozorining 47, Hyundai esa 16,7 foizini egallagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют