» » Umurtqa pogonasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Umurtqa pogonasi salomatligini saqlash uchun nimalar qilish kerak?


Sogliqni yoshlikdan asrash kerak degan ibora juda togri aytilgan. Haqiqatan ham keyin pushaymon bolmaslik uchun, salomatlik togrisida hozirdan qaygurish zarur. Shu jumladan umurtqa haqida ham. Umurtqa bizning tayanch azomiz hisoblanadi, u tanamizni tutib turadi va bizga erkin harakat qilishga imkon beradi.

Etiboringizga umurtqani soglom tutish togrisida bir necha maslahatlar havola etmoqchimiz.

Qomatingizni tik tuting.Gavdani togri va tik tutish bu faqat chiroyli korinish uchun emas, balki salomatlik uchun ham foydali. Buni hech qachon unutmang. Hatto siz uyda bolganingizda ham, sizni hech kim kormayotgan bolsa ham baribir yelkangizni togri tuting. Qomatingiz chiroyli bolishi uchun qorningizni biroz tortishga va yelkangizni sal orqaga qilishga harakat qiling. Boshingizni sal kotarinki holatda tuting.

Jismoniy mashqlar togrisida unutmang. Jismoniy mashqlar umurtqa soglom bolishi uchun zarurdir. Har kuni ertalab mashq qilishni unutmang. Shuningdek, siz umurtqa uchun foydali bolgan yoga mashqlari bilan ham shugullansangiz boladi.

Togri ovqatlaning. Zararli ovqatlarni istemol qilish oqibatida umurtqada toksinlar yigilib qolishi mumkin. Bu har xil kasalliklar paydo bolishiga sabab boladi. Shuning uchun soglom ovqatlanish tarziga rioya qiling, organizmni toksinlardan tozalashga yordam beruvchi oziq-ovqatlarni ham istemol qiling. Koproq meva va sabzavotlar yeng.

Vazningizni meyorda saqlang.Agar vazningiz meyordagidan kop bolsa, umurtqangiz ortiqcha ogirlikdan qiynaladi. Shuning uchun vazningizga etibor bering va uni meyordan oshirmaslikka harakat qiling. Bu borada sizga jismoniy mashqlar va togri ovqatlanish yordam beradi.

Ogir narsalarni kotarmang.Umurtqangiz soglom bolishini istasangiz haddan tashqari ogir narsalarni kotarmaslikka harakat qiling. Agar siz ogir narsalarni kotarishga majbur bolib qolsangiz, buni togri bajaring. Ogir narsani kotarayotganda gavdangizni togri tuting. Yani, yerdan biron narsani kotarishda, yuk ogirligi umurtqaga bir xil tushishi uchun otirgan holatda kotaring. Buni shoshilmasdan va keskin harakatlarsiz amalga oshiring.

Manba: Whrussia.ru

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (19-05-2017, 17:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 12) ( 0) ( 10) ( 2)
:
-
:
20 ... -