» » Hindistonda sigareta qoldiqlaridan o‘g‘it ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Hindistonda sigareta qoldiqlaridan o‘g‘it ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi


Hindistonlik Naman Gupta va Vishala Kaneta CODE deb nomlangan kompaniyalari yordamida shaharlardagi sigareta qoldiqlari bilan  kurashishni boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Kompaniya chekib bo‘lingan sigaretalarni qismlarga (qog‘oz, filtr va tamaki qoldiqlari) ajratadi, so‘ng hosil bo‘lgan chiqindilardan o‘g‘it tayyorlaydi.

Gupta va Kaneta aholida sigareta qoldiqlarini topshirish uchun iqtisodiy omil bor deb hisoblaydi. Ular har bir kilogramm qoldiq uchun 700 rupiy (10 dollar atrofida) taklif etmoqda.

Qog‘oz va tamaki kompostlash yo‘li bilan ajratiladi, so‘ng hosil bo‘lgan o‘g‘it mahalliy fermerlarga sotiladi. Hindiston standartlar byurosi CODE ishlab chiqarayotgan o‘g‘it xavfsiz ekanligini bildirmoqda.

Sigareta filtrlari qayta ishlangandan so‘ng o‘yinchoqlar, yostiqlar ichini to‘ldirish va o‘rama materiallar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.

Ma’lumot uchun, Hindistonda har yili 100 milliard donadan ortiq sigareta qoldig‘i tashlab yuboriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-05-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют