» » O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘ldi

O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘ldi


Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanboshi shahridagi muzokarani O‘zbekiston va Turkmaniston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Muzokarada ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Yoqilg‘i-energetika, qishloq xo‘jaligi, kimyo va metallurgiya sanoati, suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalanish, sayyohlik kabi yo‘nalishlardagi hamkorlik ustuvor ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlariga joriy yilning mart oyida Prezidentlarning muzokaralarida erishilgan kelishuvlardan samarali foydalanish, ularni hayotga izchil tatbiq etish, ishbilarmonlarning o‘zaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish vazifalari topshirildi.

Madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют