» » AQShda uch yoshli egizaklar o‘z hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi

AQShda uch yoshli egizaklar o‘z hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi


AQShning Long-Aylend orolida uch yoshli egizaklar onasi uxlayotgan vaqtda o‘zlarining bir oy avval sotib olingan hovlisidagi basseynda cho‘kib ketdi, deb yozadi Forum Daily.

Melvillda yashovchi Syu Aurilla ertalab uyg‘onib, uydan o‘z o‘g‘illarini topa olmadi. Bolalar barvaqt uyg‘onib, hovliga chiqib ketgani va ochiq basseynga tushgani onaning xayoliga ham kelmadi.

U derazadan qarab, o‘g‘illaridan birining jasadi suv yuzasida qalqib turganini ko‘rib qoldi, o‘zini tashqariga otib, qutqaruvchilarni chaqirdi va o‘g‘liga sun’iy nafas berishga urindi.

Yetib kelgan politsiyachilar va tez yordam xodimlari basseyn tubidan ikkinchi bolaning jasadini ham chiqarib oldi. Ikkala bola ham og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazildi, ammo ularning hayotini saqlab qolish iloji bo‘lmadi.

Ayolning besh yoshli katta o‘g‘li jabrlanmadi.

Politsiya voqeani baxtsiz hodisa sifatida tekshirmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют