» » Saudiya Arabistoni Qatarning Makkaga haj ziyorati bo‘yicha talabini “urush e’lon qilinishi” deb atadi

Saudiya Arabistoni Qatarning Makkaga haj ziyorati bo‘yicha talabini “urush e’lon qilinishi” deb atadi


Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Qatarning hajni baynalminallashtirish haqidagi talabini qirollikka nisbatan “urush e’lon qilinishi” deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Qatarning muqaddas qadamjolarni baynalminallashtirish haqidagi talablari qirollikka qarshi tajovuz va urush e’lon qilish hisoblanadi”, — deya ta’kidladi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni “ziyoratgohlarni baynalminallashtirish ustida ishlaydigan” har qanday kishiga javob qaytarish huquqiga ega.

Ammo Doha haqiqatan ham shunday talablarni ilgari surgani haqida rasmiy tasdiq yo‘q.

Qatar avvalroq Ar-Riyod hajga siyosiy ruh bergani, ammo islom, har qanday din kabi, muqaddas qadamjolar ishida siyosat bo‘lmasligini nazarda tutishini tilga olgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют