» » Click Telegram chatining o‘zida pul o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Click Telegram chatining o‘zida pul o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi


Click Telegram’da chat orqali suhbatlashayotganlar shu chat orqali bir-biriga pul o‘tkazishiga imkon beradigan xizmatni ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilindi.

“Dunyoda ilk marotaba bevosita chatning o‘zida suhbatdoshlarning kartalari o‘rtasida o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “o‘rnatilgan” bot (inline bot) ishga tushirilganini mamnuniyat bilan xabar qilamiz!”, — deyiladi xabarnomada.

Tushuntirilishicha, buning uchun ikki kishi o‘rtasidagi chatning o‘zida @clickuz terilishi va oraliqdan keyin summasi ko‘rsatilishi kifoya. Bundan so‘ng bot suhbatdoshga ushbu summani o‘tkazish yoki unga o‘tkazmaga so‘rov yuborishni taklif qiladi. Operatsiyani tugatish uchun bir-ikkita qadam koladi, xolos.

O‘tkazmaning minimal summasi — 5 ming so‘m. Agar suhbatdoshlarning biri @clickuz botida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, bot operatsiyani tugatish uchun ushbu amalni bajarishni taklif qiladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют