» » Click terminallar o‘rnini bosuvchi xizmatni taklif qildi

Click terminallar o‘rnini bosuvchi xizmatni taklif qildi


Tadbirkorlar va savdo nuqtalari egalari virtual terminallarni ulash imkoniyatiga ega bo‘ldi, uning yordamida ular Click tizimi orqali plastik kartalardan to‘lovlarni qabul qilishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.uz”. Indoor-to‘lovlar yechimi sharofati bilan plastik kartalardan to‘lovlarni haqiqiy terminalsiz qabul qilish mumkin bo‘ldi.

Virtual hisob-kitob terminali to‘lovlarni o‘tkazish borasida nafaqat bir xil funksiyaga ega, balki bir qator afzalliklari ham mavjud. Xususan, savdo nuqtalari mijozlari to‘lovni bevosita mobil telefondan amalga oshirishi mumkin, bunda operatsiya shu lahzadayoq sotuvchida aks etadi va SMS orqali xabar beriladi.

To‘lovni o‘tkazish uchun internetga ulanish shart emas, to‘lovlar hatto elektr ta’minoti bo‘lmaganida ham amalga oshishi mumkin.

“Indoor-to‘lovlar an’anaviy to‘lovlardan tezkorroq, mijozlar begona odamlarga o‘z PIN-kodlarini aytishi shart emas, to‘lovlarni, hatto plastik karta yoningizda bo‘lmasa ham, amalga oshirish mumkin”, — dedi Click bosh direktori Ulug‘bek Rustamov.

Опубликовано: admin (3-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют