» » Apple yangi iPhone taqdimotini kechiktirishi mumkin

Apple yangi iPhone taqdimotini kechiktirishi mumkin


Apple detallarni yetkazib berishdagi muammolar tufayli, yangi iPhone taqdimotini keyinga qoldirishi mumkin. Bu haqda Financial Times ekspertlar va bozor ishtirokchilariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.

Smartfonning yangi versiyasi organik yorug‘lik diodlaridan yasalgan displey bilan jihozlanadi, u butun old yuzani qoplab oladi, chetida romlar bo‘lmaydi. Ana shunday displeylar va boshqa ba’zi detallarning yetishmasligi Apple uchun muammoga aylanishi mumkin.

Goldman Sachs tahlilchilari ta’kidlashicha, kompaniyaning to‘trinchi chorak uchun prognozi “yangi iPhone chiqariladigan ehtimoliy sanaga bog‘liq holda juda beqaror bo‘lishi mumkin”. An’anaviy tarzda yangi iPhone’lar sentabrda sotuvga chiqib, Apple’ning to‘rtinchi moliyaviy chorakdagi daromadi va foydasiga o‘z hissasini qo‘shar edi. Endi ekspertlar smartfonni keng ko‘lamda yetkazib berish eng ertasi bilan oktabrda boshlanadi, ya’ni savdolar yangi moliya yilida hisobga olinadi, deya ta’kidlamoqda. Bundan Apple’ning asosiy raqobatchisi — Samsung foydalanib qolishi mumkin, u yangi Note 8 flagman smartfonini 23-avgustda taqdim etadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют