» » Niderlandiyada talonchilar harakatlanayotgan yuk mashinasidan jami qiymati 0,5 mln yevroga teng iPhone’lar o‘g‘riladi

Niderlandiyada talonchilar harakatlanayotgan yuk mashinasidan jami qiymati 0,5 mln yevroga teng iPhone’lar o‘g‘riladi


Niderlandiya politsiyasi umumiy summasi yarim million yevroga teng iPhone qurilmalarini o‘g‘rilagan talonchilar guruhini qo‘lga oldi. Ushlangan 5 kishining barchasi 33 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan ruminlar bo‘lib chiqdi, deya xabar beradi Meduza.

Politsiya taxminiga ko‘ra, talonchilar maxsus jihozlangan mikroavtobusdan foydalangan.

Ular tungi yo‘lda ketayotgan yuk mashinasiga yaqinlashgan, shundan so‘ng bir kishi mikroavtobus kapoti orqali oshib o‘tib, mashina ichiga o‘tgan. U yerdan turib smartfon to‘la qutilarni mikroavtobusga uloqtirgan.

Politsiya jinoyatchilar mashinasi va o‘g‘irlangan iPhone’larni topdi. Mahalliy OAVga ko‘ra, mazkur guruh butun Yevropa bo‘ylab 2015-yildan beri amalga oshirilgan 17 ta shunday jinoyatga aloqador.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют