» » O‘zbekistonda overdraft kreditlari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda overdraft kreditlari paydo bo‘ladi


Markaziy bank boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 2900, 2017-yil 21-iyul) bilan jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Norma.

Overdraft krediti — bank plastik kartochkasi saqlovchisiga to‘lovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisob varag‘idagi qoldiq mablag‘idan ortiq miqdordagi mablag‘ni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli. Ushbu kreditni olish uchun tijorat banki va jismoniy shaxs (mijoz) o‘rtasida overdraft shartnomasi tuziladi.

Overdraft qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Kreditlarning ushbu turiga maqsadlilik shartlari qo‘llanilmaydi.

Overdraftni olish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

Bank 3 ish kunidan kechikmagan holda kredit berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Kredit berishning rad etilishi haqida ariza beruvchiga yozma xabarnoma jo‘natiladi.

Overdraft ariza beruvchining o‘rtacha daromadini (oylik ish haqining, pensiyaning) 3 barobarigacha bo‘lgan miqdorda 12 oygacha bo‘lgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.

Kredit bo‘yicha yillik foiz stavkasi miqdori shartnoma asosida belgilanadi. Overdraft shartnomasi unda belgilangan mablag‘lar foydalanilgan kundan e’tiboran kuchga kirgan hisoblanadi. Kredit bo‘yicha foiz faqatgina mijoz tomonidan ishlatilgan mablag‘ uchun hisoblanadi.

Overdraftni qaytarish ish haqi, pensiya yoki boshqa mablag‘larni bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi. Overdraft va unga hisoblangan foizlar o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda bank kreditlashni to‘xtatadi va ularni qaytarish choralarini ko‘radi.

Shartnoma tomonlardan birining shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin ikkinchi tomonni shartnomani amal qilishini tugatish to‘g‘risida xabarnoma yubormasa, o‘z-o‘zidan keyingi 12 oyga uzaytirilgan hisoblanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari to‘plamining 29 (789)–sonida e’lon qilindi va 24.07.2017-yilda kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 14:42)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют