» » TATUda uch abituriyent derazadan uloqtirgan savol kitoblari tartib posbonlarining qo‘liga tushdi. Abituriyentlar test imtihonlaridan chetlatildi

TATUda uch abituriyent derazadan uloqtirgan savol kitoblari tartib posbonlarining qo‘liga tushdi. Abituriyentlar test imtihonlaridan chetlatildi


Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari vaqtida qat’iy insoniy va texnikaviy nazorat o‘rnatilganiga qaramay, alohida abituriyentlar tashqaridan yordam olishga urinishlardan tiyila olmadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ma’um bo‘lishicha, bir qator abituriyentlarning savollar kitobi ko‘chaga otib yuborilgan va ularni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari topib olgan. “Gazeta.uz” muxbiri Davlat test markazi vakili Sevara Zufarxo‘jayeva bilan birgalikda varaqasi ko‘chaga otilgan abituriyentlarni izlagan.

Sevara Zufarxo‘jayevaning so‘zlariga ko‘ra, abituriyentlar o‘z savollar kitobini ularni ko‘chadan oldindan kelishilgan odamlar topib, testlarni ishlab, so‘ng har turli aylanma yo‘llar bilan bino ichiga olib kirib berishiga umid qilib, ko‘chaga uloqtirgan.

“Qoidabuzarlik telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetiga o‘qishga kirish uchun harakat qilayotgan uch abituriyent tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib chiqdi. Bu abituriyentlar auditoriyadan olib chiqildi va imtihonlardan chetlatildi”, — deyiladi “Gazeta.uz” xabarida.

Avvalroq bu yilgi test imtihonlari vaqtida TATUda tatbiq etilgan biometrik nazorat tizimi o‘zini oqlagani, shu tizim qo‘lga tushirgan 16 “formali zaychik” haqidagi xabarlardan so‘ng TATU qabul komissiyasidan arizalarini qaytarib olgan abituriyentlar soni oshgani haqida xabarlar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют