» » Toshkentning “Lokomotiv” klubi nigeriyalik 18 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi nigeriyalik 18 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi


O‘zbekiston kubogining “Nasaf”ga qarshi o‘tadigan yarim final o‘yini oldidan Toshkentning “Lokomotiv” klubi nigeriyalik 18 yoshli hujumchi bilan shatnoma imzoladi.

Klub matbuot Olabiran Blessing Muyiva bilan tuzilgan shartnoma qanchaga mo‘ljallanganiga oydinlik kiritmagan. Xabarda aytilishicha, Muyiva bugun — 2-avgust kuni “Nasaf”ga qarshi o‘yin bilan O‘zbekiston klubida debyut qilishi mumkin.

Yangi futbolchi “Lokomotiv”ning Minsk shahrida tashkil etilgan yig‘inida ishtirok etgan va o‘rtoqlik o‘yinlarida bir qator gollar urishga muvaffaq bo‘lgan. Shu tariqa u murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgan.

Olabiran Blessing Muyiva bunga qadar Moldovaning “Saksan” klubi sharafini himoya qilayotgan bo‘lib, 10 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 1 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют