» » “O‘zbekneftgaz” xodimlarining “Yosh mutaxassislar” Forumi o‘z ishini boshladi

“O‘zbekneftgaz” xodimlarining “Yosh mutaxassislar” Forumi o‘z ishini boshladi


Qashqadaryo viloyatining Miraki shaharchasida joylashgan “Lochin” bolalar dam olish oromgohida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan “Barkamol yosh mutaxassis — qudratli yurt tayanchi” shiori ostida tashkil etilgan neft-gaz sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning “Yosh mutaxassislar” Forumi o‘z ishini boshladi.

Forum ochilishida “O‘zbekneftgaz” AJda yangi joriy etilgan yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan yosh mutaxassis qatnashchilarga tanishtirildi. Maslahatchi yoshlar bilan ishlab, ular tomonidan beriladigan taklif va fikrlarni amalga oshirishda yoshlar va rahbariyat o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi.

1-avgustdan 5-avgustgacha davom etadigan Forum davomida “O‘zbekneftgaz” AJning turli korxonalarida ishlayotgan 300 nafar yosh xodim o‘zaro tajriba va fikr almashish, o‘z g‘oyalari va takliflarini hamkasblari va soha rahbarlari oldida taqdim qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, sohada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda yosh mutaxassislar faxriylarning tajribalari bilan tanishadi, Forum doirasida mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati va sohalardagi islohotlar, xalqaro va milliy mehnat standartlari, yosh mutaxassislarning yetakchilik qobiliyati, ijtimoiy muloqot kabi mavzularda mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют