» » “O‘zbekneftgaz” Mirakida sport-sog‘lomlashtirish markazini foydalanishga topshirdi

“O‘zbekneftgaz” Mirakida sport-sog‘lomlashtirish markazini foydalanishga topshirdi


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan Miraki shaharchasida 68 o‘ringa mo‘ljallangan sport-sog‘lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasiga qarashli “Lochin” bolalar dam olish oromgohi qoshida ochilgan markaz neft-gaz sohasi xodimlari va mazkur hududga dam olish uchun keladigan sayyohlarni qabul qiladi.

Shahrisabz shahridan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan sport-sog‘lomlashtirish markazida yopiq suv havzasi, trenajor zali, qishki bog‘ va 50 o‘rinli restoran bor.

“Lochin” oromgohi va yangi ochilgan markaz rahbari Azamat To‘raqulovning aytishicha, mazkur markaz hududda ekoturizmni rivojlantirishda hamda xorijiy va mahalliy sayyohlarni hududga jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi.

“Barka;ol yosh mutaxassis — qudratli yurt tayanchi” shiori ostida tashkil etilgan neft-gaz sohasidagi “Yosh mutaxassislar” Forumi doirasida ochilishi bo‘lib o‘tgan markazning ilk mehmonlari neft-gaz sohasida uzoq yillar mehnat qilgan soha faxriylari bo‘ldi. Shunigdek, ochilish marosimida Forum qatnashchilari ham ishtirok etdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют