» » Toshkentda kinematografiyani rivojlantirish markazi ochildi

Toshkentda kinematografiyani rivojlantirish markazi ochildi


Toshkentda kinematografiyani rivojlantirish markazi ochildi. O‘zAning yozishicha, shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda kinoshunos olimlar, rejissyorlar, yozuvchi va ssenariynavislar, aktyorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur markaz milliy kinematografiya san’atini jahon bozorida targ‘ib etib, yosh ijodkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ijodiy, ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berish, kinoning xalq hayotidagi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasidagi ta’sirini kuchaytirish, g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

Markazning tashkil etilishi ijodkorlarni juda xursand qildi. Bu markaz aktyor, rejissor, ssenariynavis hamda tomoshabin o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi. Uning jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani kino olish va uni tomoshabinga yetkazish imkoniyatini yanada kengaytirdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bo‘lajak rejissyorlarga saboq beraman. U yerda ko‘zlari yonib turgan, iqtidorli, tashabbuskor yoshlar ko‘p, markaz ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Misol uchun, yaqinda markaz ko‘magida institut talabasi Muxlisa Azizovaning “U” nomli filmi suratga olinib, 70-Kann xalqaro kinofestivali qisqa metrajli filmlar burchagida namoyish etildi.

Ra’no Shodiyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Markaz tashabbusi bilan ijtimoiy ahamiyatga molik turli mavzularda kinossenariylar tanlovini o‘tkazish, saralangan ssenariylar asosida filmlar yaratish, prodyuserlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish, tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют