» » “Bavariya”da inqiroz. Klub “Milan”, “Inter” va “Liverpul”dan keyin “Napoli”ga ham yutqazdi

“Bavariya”da inqiroz. Klub “Milan”, “Inter” va “Liverpul”dan keyin “Napoli”ga ham yutqazdi


Myunxenning “Bavariya” klubi o‘zi mezbonlik qilgan Audi Cup turniridagi ikkinchi o‘yinda ham gol ura olmay, imkoniyatni boy berdi.

3-o‘rin uchun kechgan bellashuvda Bundesliga yetakchisi A seriyaning uchinchi jamoasiga qarshi saf tortdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yarim finalda Angliyaning “Liverpul” klubi “Bavariya” postiga 3 ta javobsiz gol urgandi.

Shu tariqa Myunxen jamoasi Audi Cup musobaqasini so‘nggi o‘rinda yakunladi. Final “Atletiko” va “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Mavsumga tayyorgarlik davomida “Bavariya” Chempionlar xalqaro kubogida ishtirok etgan bo‘lib, Italiyaning yana ikki klubiga imkoniyatni boy bergandi — “Milan” 0:4 va “Inter” 0:2. “Arsenal” bilan uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetgan. “Bavariya”ning o‘rtoqlik o‘yinlaridagi yagona g‘alabasi “Chelsi” bilan o‘yinda qo‘lga kiritildi — 3:2.

Audi Cup
3-o‘rin uchun
2-avgust, chorshanba

Gollar: Kulibali, 14 (0:1). Jakkerini, 55 (0:2).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (3-08-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют