» » Audi Cup. Klopp “Liverpul”i “Bavariya” postiga 3 ta javobsiz gol urdi. “Atletiko” ham finalda

Audi Cup. Klopp “Liverpul”i “Bavariya” postiga 3 ta javobsiz gol urdi. “Atletiko” ham finalda


Kuchli beshlikda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan to‘rt klub Myunxenga tashrif buyurdi va “Bavariya” mezbonligidagi Audi Cup turnirida ishtirok etishni boshladi.

Bunda tashkilotchilar Angliyaning “Liverpul”, Ispaniyaning “Atletiko” va Italiyaning “Napoli” klublarini taklif qilgandi. Bu jamoalar o‘z mamlakatining chempionlari hisoblanmaydi. “Bavariya” esa Bundesliga yetakchisi sifatida unda qatnashishi ko‘zda tutilgandi.

Yarim finalda Karlo Anchelotti murabbiylik qilayotgan “Bavariya” nemis futbolini juda yaxshi biladigan Yurgen Kloppning “Liverpul” klubi bilan to‘qnash keldi va o‘z darvozasidan javobsiz 3 ta gol o‘tkazib yubordi. “Liverpul” Audi Cup finalida!

“Bavariya” Chempionlar xalqaro kubogida ham kutilganidan pastroq natija qayd etgandi. “Milan” (0:4) va “Inter” (0:2) klublariga gol ura olmagan Germaniya chempioni, “Arsenal”ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan va faqatgina “Chelsi”ni 3:2 hisobida taslim qilgandi.

Audi Cup yarim finalining yana birida Madridning “Atletiko” klubi irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi va “Napoli”ni taslim qildi — 2:1. Musobaqa finalida Diyego Simeone va Yurgen Klopp jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Audi Cup
Yarim final
1-avgust, seshanba

Gollar: Sadio Mane, 7 (0:1). Muhammad Saloh, 34 (0:2). Daniel Starrij, 83 (0:3).

Gollar: Xose Kalyexon, 56 (0:1). Fernando Torres, 73 (1:1). Vyetto, 81 (2:1).
Chetlatish: Diyego Godin, 90 (A).

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (2-08-2017, 08:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют