» » “Arsenal” — “Bavariya”. Prevyu

“Arsenal” — “Bavariya”. Prevyu


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali yo‘lida bugun — 7-mart kuni “Bavariya” futbolchilari “Arsenal” bilan o‘yin uchun Londonga tashrif buyuradi.

Hakam: Tasos Sidiropulos
Jarohatlar: Santi Kasorla (“Arsenal”) — Jerom Boateng (“Bavariya”).
Diskvalifikatsiya: Filipp Lam (“Bavariya”).
So‘roq ostidagilar: Muhammad Elneni, Mesut O‘zil, Aaron Remzi (hammasi “Arsenal”).

Jadvaldan ko‘ringani kabi tomonlar bunga qadar 11 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 6 tasida “Bavariya”ning, 3 tasida “Arsenal”ning qo‘li baland kelgan. 2 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbatidagi ustunlik “Bavariya” tomonidan — 22:12.

“Arsenal” ketma-ket olti bor 1/8 finaldan chiqib ketgan. Hozir yettinchisiga yaqin turibdi.

Hozirga qadar faqat uch klub 4 ta gol farqi bilan mag‘lub bo‘lib, keyinchalik uy uchrashuvida kerakli g‘alabaga erishgan:

“Bavariya” “Arsenal”ni 1/8 finalda hozirga qadar uch bor qoldirib ketgan — 2005, 2013 va 2014-yillar.

“Arsenal” shu kunga qadar yevrokuboklarda Bundesliga jamoalari bilan 17 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, shularning 11 tasida zafar quchgan. 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 5 tasida nemislar g‘alabaga erishgan.

“Arsenal” pley-offning dastlabki uchrashuvida mag‘lub bo‘lgan 11 holatdan faqatgina 2 tasida keyingi bosqichga yo‘l olgan. 1979-yil Xorvatiyaning “Xayduk”, 2010-yil esa Portugaliyaning “Portu” klublari birinchi uchrashuvda “Arsenal”ni yenggan, biroq keyingi o‘yinda maqsadiga yeta olmagan.

“Bavariya” Chempionlar ligasining safardagi 13 uchrashuvidan faqatgina 3 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergan.

“Bavariya” pley-off o‘yinlarining mehmondagi so‘nggi sakkiztasida zafar qucha olmadi: 4 ta g‘alaba va 4 ta durang. 2014-yilda klub “Arsenal”ni Londonda 2:0 hisobida mag‘lub etganidan buyon pley-offning safar o‘yinlarida omadi chopmaydi.

Xosep Gvardiola boshqaruvida “Bavariya” so‘nggi uch mavsum yarim finalda to‘xtagandi.

“Bavariya” so‘nggi besh mavsumda ingliz klublariga qarshi 18 ta uchrashuv o‘tkazdi. Safarda myunxenliklar 5 ta g‘alabaga erishgan, 8 bor durang o‘ynagan va 8 martasida mag‘lub bo‘lgan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют