» » Shavkat Mirziyoyev: 12 yillik majburiy ta’lim sabab, yoshlarimiz bir yillik umrini bekorga yo‘qotyapti

Shavkat Mirziyoyev: 12 yillik majburiy ta’lim sabab, yoshlarimiz bir yillik umrini bekorga yo‘qotyapti


2-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Avvalroq joylarda ota-onalar va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilikning 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab 9-sinf bitiruvchilari umumta’lim maktablarining 10-sinflarida, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirishiga oid fikrlari o‘rganilgan edi.

Bu jarayonda, O‘zAning yozishicha, umumta’lim maktablarining 466 ming nafar 9-sinf bitiruvchisidan 352 ming nafari 10-sinfda, 114 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishni davom ettirish niyatida ekani aniqlangan.

Ota-onalar tomonidan 12 yillik majburiy ta’lim muddati ortiqcha ekani to‘g‘risida ko‘plab fikrlarni inobatga olib, biz juda ko‘p muhokama qildik. Jahonda 11 yillik o‘rta ta’lim yetarli hisoblansa-da, biz yoshlarimizni bir yil ortiqcha o‘qitganmiz. Buning oqibatida yoshlarimiz bir yillik umrini bekorga yo‘qotib, mustaqil hayotga qadam qo‘yishda kechikyapti.

Bu bizga nima uchun kerak? Eng avvalo, yoshlarimizning xulq-atvori, tarbiyasi va sifatli bilim olishi, mamlakatimiz va xalqimizning ertangi kuni, taraqqiyotimizning tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, o‘smirlar orasida jinoyatchilikning oldi olinib, eng muhimi, qanchadan-qancha yoshlarimizning qaltis yo‘llardan qaytarib, jamiyatimizning munosib davomchilari bo‘lishiga yordam beradi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ma’lumot uchun, yig‘ilishda tegishli tashkilotlarga shu yil 20-avgustga qadar har bir o‘quvchining aniq maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni davom ettirishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют