» » Mavritaniya prezidenti Qatar amiriga orol sovg‘a qilganlikda ayblandi

Mavritaniya prezidenti Qatar amiriga orol sovg‘a qilganlikda ayblandi


Mavritaniya prezidenti Muhammad uld Abdulaziz Qatar shayxi Tamim bin Hamad at-Taniyga orol sovg‘a qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Davlat rahbariga nisbatan bunday ayblovni mavritaniyalik nufuzli senator Muhammad uld Gadda ilgari surdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Mavritaniyaning sohildan 100 kilometrcha narida joylashgan eng chiroyli orollaridan biri amirga tortiq etilgan. Buning dalili sifatida Muhammad uld Gadda tegishli hujjatlardan nusxalar keltirdi.

Muhammad uld Abdulaziz hokimiyatni kuch bilan egallash va siyosiy qatag‘onlar o‘tkazishda ayblanib kelayotgan edi. Endi muxolifat bu voqeadan ham unga qarshi kurashda foydalanishi kutilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют