» » Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik”da e’lon qilingan fuqaro murojaatini o‘rganib chiqdi

Toshkent shahar hokimligi “Ozodlik”da e’lon qilingan fuqaro murojaatini o‘rganib chiqdi


Toshkent shahar hokimligi shahardagi 9 qavatli sobiq yotoqxonalardan birida oilasi bilan birga istiqomat qilayotgan fuqarolardan birining “Ozodlik” radiosida e’lon qilingan murojaatini o‘rganib chiqdi. Bu haqda hokimlik saytida axborot berilgan.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, muammolari “Ozodlik”da ko‘rsatilgan yotoqxona Yashnobod tumani, Aviasozlar 2-dahasi, 37-uyda — sobiq Aviasozlar birlashmasining 22-sonli to‘qqiz qavatli yotoqxonasining 103-xonasi bo‘lib chiqdi.

Xonadon egasi Muqaddas Haydarova oilasi bilan 2015-yilning 2-fevralidan buyon joyda istiqomat qilib keladi. “Fuqaro murojaatida bildirilgan salbiy holatlar, jumladan M.Haydarova egallab turgan xonaga tutash bo‘lgan shchitxona butun binoni elektr quvvati bilan ta’minlovchi shchit hisoblanadi. Uning alohida yopiq kichik xonada bo‘lishi bino loyihasida belgilangan”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Masala joyiga chiqib o‘rganilganda, shchitxona eshigi yo‘qligi hamda qarovsiz ahvolda ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi. Mutaxassislar tomonidan ushbu salbiy holat tezda bartaraf etildi — shchitxonaning tashqi ko‘rinishi to‘liq tartibga keltirilib, uning kirish qismiga qulfli eshik o‘rnatildi.

“Lekin fuqaroning shahar hokimi qarori bilan uyning yarmi olib qo‘yilmoqchi, degan da’volari mantiqqa zid. Chunki bu kabi qaror umuman qabul qilinmagan, qabul qilinishi ham mumkin emas”, — deb yozadi hokimlik axborot xizmati.

Hokimlikning tushuntirishicha, Vazirlar Mahkamasining 22-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaroriga asosan, fuqarolarga 2018-yil 1-iyuligacha uy-joylarni xususiylashtirish imkoniyati berilgan. Bunga yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan fuqarolar toifasi ham kiradi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют