» » Taniqli musiqachi va bastakor Deniel Lixt olamdan o‘tdi

Taniqli musiqachi va bastakor Deniel Lixt olamdan o‘tdi


Taniqli musiqachi va bastakor, bir qator serial hamda o‘yinlarga saundtreklar yozgan Deniel Lixt olamdan o‘tdi. Bu haqda Evolution Music Partners o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

60 yoshli musiqachi sarkomaning noyob shakli tufayli olamdan o‘tdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Lixtning o‘limidan bir necha haftagina oldin aniqlangan.

Lixt Dexter serialiga, shuningdek, Dishonored, Dishonored 2 va Silent Hill’ning ikkita loyihasiga — Downpour va Book of Memories’ga saundterklar bastalab mashhurlikka erishgan.

Lixt o‘z faoliyatini rok-musiqa va jazzda boshlagan, biroq keyinchalik bastakor Kristofer Yang bilan birga kino sohasida ishlashga o‘tib ketgan.

U faol ravishda qo‘rqinchli filmlarga saundtreklar yozgan, fantast-yozuvchi Klayv Barker bilan hamkorlikda ishlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют