» » Shavkat Mirziyoyev: Xonandalarimizning ba’zi kliplarini oila davrasida tomosha qilib bo‘lmay qoldi

Shavkat Mirziyoyev: Xonandalarimizning ba’zi kliplarini oila davrasida tomosha qilib bo‘lmay qoldi


3-avgust kuni mamlakat ijodkorlari va ziyolilari bilan uchrashgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev estrada san’atidagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratdi.

UZ24’ning yozishicha, Prezident sohada ijod qilayotgan aksariyat ijrochilar faoliyatida talabchanlik va mas’uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyg‘usi tobora pasayib borayotganini ta’kidlagan.

Men o‘z tajribamdan yaxshi bilaman, katta bayramlarimizni – bu Mustaqillik, Navro‘z yoki Konstitutsiya bayrami bo‘ladimi – ularni o‘tkazishda bizni eng qiynaydigan, xunobimizni chiqaradigan narsa – bu estrada dasturi ekanini hammangiz yaxshi bilasiz. Ming afsuski, mana shu holat hali ham barham topgani yo‘q.

Estrada san’atidagi kamchiliklarning asosiy sabablari hech kimga sir emas. Ko‘pchilik qo‘shiqchilar mas’uliyatni unutib, o‘z ustida ishlamay qo‘ygan, izlanish, mahoratini oshirish, yangi ijodiy g‘oyalar bilan yashash, san’at dunyosiga, muxlislarga hurmat kabi tushunchalar ularga begona bo‘lib qolgan, desak, qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu ham haqiqat.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida musiqa san’ati sohasida faxriy unvonlar, avvalambor, “O‘zbekiston xalq artisti”, “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” kabi mukofotlar bilan taqdirlash masalasini, bu borada qabul qilingan normativ-me’yoriy hujjatlarni tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidladi.

Bizning xalqimiz – san’atsevar xalq, o‘zi sevgan, yoqtirgan ijrochilarni nafaqat televizor yoki sahnada, balki o‘zining yaxshi kunlarida, to‘y-hashamlarida ham ko‘rgisi keladi. Buni hammamiz to‘g‘ri tushunamiz. Ming afsuski, bugungi estrada xonandalarining aksariyati hali Yangiyo‘lga, hali Shovotga, hali Yangiqo‘rg‘onga, hali Chiroqchiga to‘yga qatnash bilan ovora. Boshqa biron masala bilan ishi yo‘q.

Albatta, san’atkorda ham oila, bola-chaqa bor, ularning ham hayotiy ehtiyojlari bor. Buniyam to‘g‘ri tushunamiz. Lekin ijodni pulga, mol-dunyoga almashtirgan odamdan san’at shafqatsiz o‘ch oladi. Oxir-oqibatda har qanday yorqin iste’dod ham so‘nib, el-yurt nazaridan qoladi.

Afsuski, bugun televideniye orqali berilayotgan ba’zi kliplarni oila, farzandlar davrasida tomosha qilib bo‘lmay qoldi. Har bir harakatida G‘arbga taqlid sezilib turadigan, ochiq-sochiq kiyingan yoshlarni ko‘rib, nahotki shular ham bizning farzandlarimiz, bizning millatimiz vakillari bo‘lsa, deb o‘ylab qolasan kishi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: “Toshkent to‘ylarida ‘kelin-navkar’ degan balo chiqibdi”. Shavkat Mirziyoyev to‘y o‘tkazishda musobaqalashayotgan “pul topib aql topmaganlar”ni tanqid qildi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют