» » Tesla Model 3 mashinasida maxfiy kamera haydovchini kuzatib boradi

Tesla Model 3 mashinasida maxfiy kamera haydovchini kuzatib boradi


Tesla Model 3 elektromobilida haydovchini kuzatadigan maxfiy kamera o‘rnatildi. Kamera moduli orqa ko‘rinish oynasi ustidagi blokka o‘rnatilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Ishlab chiqaruvchi avtomobil taqdimoti chog‘ida kamera haqida gapirmadi. Uni sinovchilar, shuningdek, yangi mashina nusxalarining ilk egalari aniqladi.

Aytilishicha, kamera haydovchini avtopilot rejimida kuzatib borishga mo‘ljallangan. Haydovchining boshi turishi, yuz ifodasiga qarab tizim uning avtomobilni boshqarishga daxldorlik darajasini tahlildan o‘tkazadi.

Agar haydovchi ko‘p vaqtga boshqarish jarayonidan chetlashsa, avtopilot uni ogohlantirishi yoki avtomobilni to‘xtatish choralarini ko‘rishi mumkin.

Ammo kameraning imkoniyatlari bu bilan tugamaydi. U nafaqat haydovchini, balki butun salonni boshqarishi mumkin.

Ayni paytda kamera faol emas. U bort dasturiy ta’minoti yangilanganidan so‘ng ishga tushiriladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют