» » Livan armiyasi Suriya chegarasiga joylashgan IShID jangarilariga qarata o‘t ochdi

Livan armiyasi Suriya chegarasiga joylashgan IShID jangarilariga qarata o‘t ochdi


Livan chegarachilari Suriya bilan chegaradagi IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari to‘plangan marralarga artilleriya qurollaridan zarba berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

“RIA Novosti”ning Livandagi “Hizbulloh” harakatiga yaqin manbaga asoslanib xabar berishicha, Livan armiyasi tog‘li Ra’s-Ba’lbek hududidagi Karnet al-Qof va Muhayram hududlariga zarba bergan.

Artilleriya zarbalari oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot keltirilmagan.

Avvalroq “Hizbulloh” yetakchisi Said Hasan Nasrullo u rahbarlik qilayotgan harakat IShIDga qarshi bo‘lajak yurishda qatnashish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Livan armiyasi IShIDga o‘z chegarasidan turib, Suriya armiyasi va “Hizbulloh” esa boshqa tomondan turib hujum qiladi.

Ma’lumot uchun, IShID jangarilari Suriya va Iroqdagi jiddiy mag‘lubiyatlardan so‘ng, o‘zlari uchun nisbatan xavfsiz hududlarga, xususan, Livanga ko‘chib o‘tishni boshlagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют