» » Fransiya boshladi. “PSJ” Neymarsiz zafar quchdi, “Monako” iroda ko‘rsatdi, “Lion”da yirik g‘alaba

Fransiya boshladi. “PSJ” Neymarsiz zafar quchdi, “Monako” iroda ko‘rsatdi, “Lion”da yirik g‘alaba


Kuchli beshlik milliy chempionatlari orasidan birinchi bo‘lib Fransiya yangi mavsumga start berdi.

Bunga qadar Liga kubogi va mamlakat kubogida zafar quchgan “PSJ” Superkubok o‘yinida amaldagi chempion “Monako”ni yengib, mavsumni rasman ochib bergandi. Endi esa Birinchi divizion 1-turni boshladi.

Shov-shuvli transferi bilan Neymarni o‘z safiga qo‘shib olgan parijliklar ilk turda 2 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Jamoaga yaqindagina kelib qo‘shilgan braziliyalik hujumchi mazkur bellashuvda ishtirok etmadi.

“Monako” esa mavsumni qiyin g‘alaba bilan boshladi O‘tgan mavsumning chinakkam kashfiyoti bo‘la olgan 18 yoshli Kilian Mbappe o‘yinni asosiy tarkibda boshladi, biroq gol ura olmadi.

Mario Balotelli to‘p suradigan “Nitssa” mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi. Sekin-asta o‘ziga kelayotgan va asosiy hujumchisi Aleksandr Lyakazettni “Arsenal”ga sotib yuborgan “Lion” yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Fransiya chempionati
1-tur o‘yinlari
5-avgust, shanba

Gollar: Zinedin Mashash, 6 (0:1). Jemerson, 28 (1:1). Endi Delor, 53 (1:2). Radamel Falkao, 58 (2:2). Kamil Glik, 70 (3:2).

Gollar: Edinson Kavani, 42 (1:0). Xavyer Pastore, 80 (2:0).

Gollar: Mariano Dias, 23 (1:0). Nabil Fekir, 59-pen (2:0). Mariano Dias, 61 (3:0). Nabil Fekir, 90+1 (4:0).

Gol: Jonatan Bamba, 4 (1:0).

6-avgust, yakshanba
“Marsel” — “Dijon”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют