» » Dani Alvesh ilk rasmiy o‘yinidayoq “PSJ” uchun gol urdi va yangi klubi bilan trofeyga ega chiqdi

Dani Alvesh ilk rasmiy o‘yinidayoq “PSJ” uchun gol urdi va yangi klubi bilan trofeyga ega chiqdi


Fransiya kubogi va mamlakat Liga kubogida zafar quchgan “PSJ”, mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Monako”ga qarshi Superkubok o‘yinida maydonga chiqdi.

Yangi mavsum starti oldidan o‘tkazilgan Fransiya Superkubogiga Marokash mezbonlik qildi. “Stad de Tanjer” stadionidagi o‘yinda monakolik futbolchilar hisobni ochgan bo‘lsa-da, keyinroq parijliklar iroda ko‘rsatdi. “PSJ” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan Dani Alvesh ilk rasmiy o‘yinida gol urdi va jamoasining mavsumdagi birinchi trofeysiga ko‘maklashdi.

Shu tariqa Alvesh futbolchilik karyerasi davomida qo‘lga kiritgan sovrinlari soni umumiy 37 taga yetdi. Bunda uning Braziliya terma jamoasidan tortib, “Barselona”, “Yuventus” va endi “PSJ” safida ega chiqqan barcha yutuqlari qo‘shib hisoblangan.

Fransiya Superkubogi
Tanjer, Marokash
29-iyul, shanba

Gollar: Jibril Sidibe, 30 (0:1). Dani Alvesh, 51 (1:1). Adriyen Rabio, 63 (2:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-07-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют