» » RPL. Vagiz Galiulin gol urdi. Qurbon Berdiyev “SSKA”ni, Roberto Manchini chempion “Spartak”ni yengdi

RPL. Vagiz Galiulin gol urdi. Qurbon Berdiyev “SSKA”ni, Roberto Manchini chempion “Spartak”ni yengdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-ligasining 4-turiga kelib o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin to‘p surayotgan “Tosno” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

“Arsenal” mehmoni bo‘lgan jamoa irodali g‘alabaga erishdi. “Tosno”ning mavsumdagi ilk golini urish aynan Galiulinga nasib qildi.

Bungacha o‘zbekistonlik yana ikki futbolchi — Eldor Shomurodov hamda Vadim Afonin to‘p suradigan klublar o‘zaro Mahachqal’ada to‘qnash kelgan bo‘lib, unda “Rostov” minimal g‘alabaga erishgandi. Afonin uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Eldor maydonga tushirilmagan.

Turning markaziy o‘yini Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi chempioni “Spartak” Roberto Manchini boshchilik qilayotgan klubdan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi. 4-turdan keyin “Zenit” va Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” klublarigina yuz foizlik natija qayd etib turibdi.

Rossiya Premyer-ligasi
4-tur bellashuvlari
4-avgust, juma

Gol: Vladimir Dyadyun, 19 (0:1).

5-avgust, shanba

Gol: Aleksey Miranchuk, 75 (1:0).

6-avgust, yakshanba

Gollar: Kantemir Berxamov, 40 (1:0). Vagiz Galiulin, 48 (1:1). Yevgeniy Markov, 55 (1:2).
Noaniq penalti: Luka Jorjevich, 69 (A).

Gollar: Jonatas, 2 (0:1). Jonatas, 10 (0:2). Georgiy Shennikov, 13 (1:2).

Gollar: Aleksandr Kokorin, 36 (1:0). Aleksandr Yeroxin, 45+1 (2:0). Domeniko Krishito, 57 (3:0). Daler Kuzyayev, 63 (4:0). Kvinsi Promes, 72-pen (4:1). Artyom Rebrov, 77-avt (5:1).
Chetlatishlar: Igor Smolnikov, 90+2 (Z). Luis Adriano, 90+2 (S).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 07:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют