» » La liga Neymarning transferini muzlatsa-da, “Barselona”ning o‘zi “PSJ”ga yordam bergani aytildi

La liga Neymarning transferini muzlatsa-da, “Barselona”ning o‘zi “PSJ”ga yordam bergani aytildi


Neymar xarid qilinganidan, futbolchini tanishtirish marosimi o‘tganidan keyin “PSJ” prezidenti Nosir Al-Halayfiy barchasi qanday bo‘lgani haqida gapirib berdi. Uning qayd etishicha, Neymarni qo‘lga kiritishning so‘nggi lahzalarida “Barselona”ning o‘zi Parij klubiga yordamga kelgan.

La liga Neymar transferiga taqiq qo‘ymoqchi bo‘lganida menga “Barselona”dan qo‘ng‘iroq qilib, muammoni birgalikda hal qilishni taklif qilishdi. Men esa bunga tayyor ekanimiz haqida aytdim. Shu bois “Barselona” klubiga yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. U dunyoning eng yaxshi klublaridan biridir.

Nosir Al-Halayfiy, “PSJ” prezidenti

Prezident Neymarni qo‘lga kiritish rejasini 3 yildan buyon tuzib kelgani xaqida aytdi. Eslab o‘tish kerak, “Barselona” Neymarning ko‘tarma pulini nima sababdan bor-yo‘g‘i 222 million qilib qo‘ygani, “Real” esa o‘z yetakchilariga tovon puli sifatida 1 milliardni ko‘rsatgani keng muhokama qilingandi.

Neymarni qanday qilib qo‘lga kiritish masalasini 3 yil avval o‘ylagandim. “Barselona” bilan muzokaralar rejasini tuzish uchun 1 yil kerak bo‘ldi. 2 hafta oldin esa rosmana ishga kirishdik.

Transfer amalga oshishi juda qiyin bo‘ldi. Biz kechalari uxlamadik. Bajarilgan katta ish uchun jamoamga minnatdorchilik bildiraman.

Nosir Al-Halayfiy, “PSJ” prezidenti

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют