» » Germaniyalik avtopoygachi Samarqanddagi SOS Bolalar mahallasiga 1230 yevro mablag‘ni xayriya qildi

Germaniyalik avtopoygachi Samarqanddagi SOS Bolalar mahallasiga 1230 yevro mablag‘ni xayriya qildi


Shanxaydan Venetsiyagacha bo‘lgan masofani yangi Volkswagen Tiguan TSI150 avtomashinasida 6 kundan kamroq muddatda bosib o‘tish va shu orqali jahon rekordini o‘rnatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Rayner Sitlou Samarqand shahridagi SOS Bolalar mahallasiga xayriya qildi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.

Rayner Sitlou 2005-yildan buyon o‘zining rekord urinishlarida bosib o‘tiladigan har bir kilometr uchun 10 sent miqdorida xayriya ajratadi va butun dunyo bo‘ylab joylashgan SOS Bolalar mahallalarini qo‘llab-quvvatlab keladi.

Bu safargi loyihasida mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Rayner Sitlou O‘zbekistonni tanladi va Shanxaydan Venetsiyagacha bo‘lgan 12 300 kilometrlik masofa uchun jami 1230 yevro miqdoridagi mablag‘ni 6-avgustda Samarqand shahrida joylashgan SOS Bolalar mahallasiga topshirdi.

Rayner Sitlou Shanxay shahridan Venetsiya shahrigacha bo‘lgan 12 300 kilometrlik masofani Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan quyidagi 11 davlat orqali bosib o‘tishni rejalashtirgan: Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Xorvatiya, Sloveniya va Italiya.

“Yangi Tiguan — Buyuk Ipak yo‘li” deb nomlangan mazkur loyihaga 20-avgustda Shanxayda start beriladi. 25-iyuldan boshlab esa jamoa Venetsiyadan Shanxaygacha bo‘lgan trassa bilan tanishib kelmoqda. Rekord o‘rnatish yo‘lidagi, taxminan, 1 000 kilometrlik masofa O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Mazkur rekordni o‘rnatishda Rayner Sitlouga rossiyalik avtojurnalist Petr Bakanov va fotograf Dimitriy Makarov hamrohlik qiladi.

O‘zining so‘nggi rekord urinishida Rayner Sitlou 2017-yil aprel oyida Dakardan Moskvagacha bo‘lgan 8 000 kilometr masofani 3 kun-u 3 soat vaqt orasida bosib o‘tgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 33) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют