» » 13-may kuni “Mo‘jizalar vaqti” 16-xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

13-may kuni “Mo‘jizalar vaqti” 16-xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tadi


2017-yilning 13-may kuni Hotel City Palace mehmonxonasida “Mo‘jizalar vaqti” 16-xayriya yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Yarmarkada imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy ishlari namoyish etiladi. Bu haqda Nelli Karimova “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yarmarka tashrif buyuruvchilar uchun 10:00 dan 16:00 ga qadar ochiq bo‘ladi.

Yarmarkada imkoniyati cheklangan bolalar farovonligiga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshirayotgan 25 dan ortiq tashkilot: bolalar uyi, ixtisoslashtirilgan maktablar va internatlar hamda jamoatchilik tashkilotlari ishtirok etadi.

Xayriya yarmarkasida 1 500 dan ortiq qo‘lda ishlangan buyum: kartinalar, otkritkalar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zlik buyumlari, biserdan ishlangan buyumlar, applikatsiyalar, taqinchoqlar va boshqa ko‘plab buyumlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazma davomida professional artistlar bolalar uchun chiqish qiladi, shuningdek, ular uchun qiziqarli shou-dastur tayyorlanadi.

Xayriya ko‘rgazmasidan tushgan barcha mablag‘lar bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ishlarni davom ettirish uchun ishtirokchi tashkilotlarga taqdim etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-05-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют