» » Yaponiya va AQSh KXDRning raketalarga yadroviy kallak o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi

Yaponiya va AQSh KXDRning raketalarga yadroviy kallak o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi


Yaponiya AQSh bilan hamkorlikda KXDRning ballistik raketalarga yadroviy kallak o‘rnatish imkoniyatlarini tahlil qilib chiqadi. The Washington Post tomonidan berilgan xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya ballistik raketalarga o‘rnatish uchun yadroviy kallak ishlab chiqqan. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Itsunori Onoderaning bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Bu tahdidning yangi bosqichi ekanligiga shubha yo‘q. Bir qator hisobotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning raketalari AQShning materik qismiga yetib bora oladi, uning yadro qurolini kichraytirish texnologiyalari esa rivojlanmoqda. Biz AQSh bilan hamkorlikda Shimoliy Koreyaning qurollar ishlab chiqish bo‘yicha hozirgi ishlanmalari darajasini qo‘shimcha tahlil qilishimiz zarur”, — dedi yapon mudofaa vaziri.

Avvalroq The Washington Post Amerika maxsus xizmatlarining hisobotiga tayanib, KXDR ballistik, shu jumladan, qit’alararo raketalarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan yadroviy kallak ishlab chiqqani haqida xabar bergan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (9-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют