» » Yaponiya TIV rahbari KXDRning yangi raketa dvigateli sinovini provokatsiya deb atadi

Yaponiya TIV rahbari KXDRning yangi raketa dvigateli sinovini provokatsiya deb atadi


Yaponiya hukumati KXDR tomonidan mazkur hafta ballistik raketa uchun yangi dvigatelning sinovdan o‘tkazilishini jiddiy provokatsiya deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat TIV rahbari Fumio Kisida Tokiodagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Bu jiddiy provokatsiya, biz bu bilan murosa qilishni istamaymiz. Yaponiya AQSh, Janubiy Koreya va boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan hamkorlikda Shimoliy Koreyaning bu kabi sinovlarni to‘xtatishiga erishish uchun harakat qiladi”, — dedi vazir.

Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada boshqa matbuot anjumanida Pxenyan qit’alararo raketa ishlanmasini olib borayotganligini ma’lum qildi.

Kuni kecha Janubiy Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi KXDR mazkur qurolni yaratishda ancha muvaffaqiyatlarga erishganligini bildirgan edi. Harbiy boshqarma mutaxassislari Pxenyan tomonidan tarqatilgan suratlarni o‘rganib chiqib, u yerda sinovdan o‘tkazilgan yangi dvigatel qit’alararo ballistik raketa uchun qo‘llanilishi mumkin degan xulosaga keldi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют