» » Janubiy Koreya mudofaa vazirligi: KXDR ommaviy qirg‘in quroli yaratishda sezilarli siljishga erishdi

Janubiy Koreya mudofaa vazirligi: KXDR ommaviy qirg‘in quroli yaratishda sezilarli siljishga erishdi


KXDR ommaviy qirg‘in quroli yaratishda sezilarli siljishga erishgan. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”. 

Vazirlik shu tariqa Pxenyan tomonidan yaqinda o‘tkazilgan yangi raketa dvigateli sinovi yakunlariga baho berdi. 

“Sinovlar Shimol dvigatel samaradorligi borasida sezilarli siljishga erishganini ko‘rsatdi. Yangi dvigatel qit’alararo ballistik raketa uchun foydalanilishi mumkin”, — deyiladi bayonotda. 

Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu borada yanada to‘liq tahlil o‘tkazish uchun ko‘proq vaqt talab etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In mazkur sinovdan so‘ng boshqa mamlakatlar texnologiyalariga bog‘liq bo‘lmagan milliy raketa sanoati dunyoga kelganligini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-03-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют