» » ArMI-2017 o‘yinlarining o‘n kunlik umumiy natijalari bo‘yicha Rossiya hamon birinchi o‘rinda ketmoqda. O‘zbekiston oltinchi o‘rinda

ArMI-2017 o‘yinlarining o‘n kunlik umumiy natijalari bo‘yicha Rossiya hamon birinchi o‘rinda ketmoqda. O‘zbekiston oltinchi o‘rinda


Rossiyaning Novosibirsk shahrida o‘tkazilayotgan ArMI-2017 xalqaro harbiy o‘yinlarning o‘n kuni ichida o‘tkazilgan 16 ta musobaqa yakunlari bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda ketmoqda. Kuchli uchlikka, shuningdek, Qozog‘iston va Xitoy kirdi, deb xabar beradi “TASS”.

Dastlabki reytingga ko‘ra, to‘rtinchi o‘rinda Belarus, beshinchi o‘rinda Misr, oltinchi o‘rinda esa O‘zbekiston ketmoqda.

Reytingning quyi — yettinchi va sakkizinchi o‘rinlarini Eron va Ozarbayjon jamoalari band qilgan.

Ilgariroq ArMI-2017 doirasidagi “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” tanlovida O‘zbekiston vakillari kuchli uchlikdan o‘rin olgani xabar qilingan edi. O‘zbekistonlik razvedkachilar musobaqaning eng murakkab bosqichida ham uchinchi o‘rinni egalladi. Bosqich “Razvedkachi so‘qmog‘i” deb ataladi. Ushbu so‘qmoqdan rossiyalik harbiylar 38 daqiqa 47 sekundda o‘tdi. Xitoy jamoasi 39 daqiqa 32 sekund natija bilan ikkinchi bo‘ldi. O‘zbekistonlik razvedkachilar xitoylik hamkasblaridan bir necha sekundgina ortda qolib, 39 daqiqa 44 sekund natijasini ko‘rsatdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (9-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют