» » Testdagi natijasidan qat’i nazar 31 nafar abituriyent davlat grant asosida o‘qishga qabul qilindi

Testdagi natijasidan qat’i nazar 31 nafar abituriyent davlat grant asosida o‘qishga qabul qilindi


O‘zbekistonning barcha OTMlarda 1-avgust kuni test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. “Xushnudbek.uz”ning yozishicha, jami 31 nafar abituriyent hali test javobi chiqmasidanoq davlat granti asosida o‘qishga kirishga ulgurgan.

Ta’kidlanishicha, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 947 nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7725 nafari muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

Xabarda aytilishicha, testdagi natijasidan qat’i nazar o‘qishga davlat granti asosida qabul qilingan abituriyetlar fan olimpiadalari g‘oliblari yoki “Zulfiya” mukofoti egalari emas. Ular maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilinganlar hisoblanadi.

DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 tani tashkil etdi. Lekin ayrim OTMlardagi tanlov birga bir bo‘lgan, ya’ni nechta kvota ajratilgan bo‘lsa, shuncha abituriyent hujjat topshirgan.

Gap shundaki, joriy yilda nafaqat tibbiyot yo‘nalishlari, balki qishloq xo‘jaligi sohasida ham maqsadli qabul joriy etilgan. Ammo bu haqida deyarli hech qayerda aytilmagan, hech qayerda e’lon qilinmagan. Natijada ko‘pchilik bundan bexabar qolgan. Aholidagi ushbu bexabarlik to‘lqini topshirilgan hujjatlar soniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi” yo‘nalishi bo‘yicha Xorazm va Farg‘ona viloyatlari uchun bittadan davlat grantida o‘rin ajratilgan bo‘lib, shu yo‘nalishga Xorazmdan 1 nafar, Farg‘onadan 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu degani ushbu ikkala abituriyent testda necha ball olishidan qat’i nazar davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Chunki ularning boshqa raqobatchisi yo‘q.

Xuddi shunday holat Irrigatsiya institutining quyidagi yo‘nalishlarida ham uchraydi:

soni

(Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Mazkur OTMda jami 10 ta yo‘nalishda kvotalar soni bilan abituriyentlar soni teng bo‘lgan. Ta’lim rus tilida olib boriladigan quyidagi yo‘nalishlarda ham shunday holat kuzatilgan:

Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Navoiy)

Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) (Xorazm)

Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo‘jaligida) (Navoiy)

Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Jizzax)

Yer tuzish va yer kadastri (Farg‘ona)

Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (Navoiy)

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) (Navoiy)

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) (Samarqand)

Yer tuzish va yer kadastri (Sirdaryo)

Suv xo‘jaligi va melioratsiya (Sirdaryo)

Shuningdek, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining “Zootexnika” (Andijon) va “Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligida menejment” (Farg‘ona) yo‘nalishlarida ham shunday holat mavjud.

Toshkent davlat agrar universitetining “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat granti asosida ajratilgan 1 ta o‘ringa ham atigi 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют