» » Vashington Moskvaga Abxaziya va Janubiy Osetiyaning tan olingan mustaqilligini bekor qilish talabini qo‘ydi

Vashington Moskvaga Abxaziya va Janubiy Osetiyaning tan olingan mustaqilligini bekor qilish talabini qo‘ydi


AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Xizer Noyert Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Abxaziyaga tashrifini nomaqbul deya atadi. Uning ta’kidlashicha, respublika Moskva tomonidan “okkupatsiya qilingan”, deb xabar berdi “MK.ru”.

“AQSh prezident Vladimir Putinning Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Gruziya hududiga tashrifini nomaqbul deya hisoblaydi”, — dedi Noyert brifing davomida.

AQSh Davlat departamenti vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu harakat bilan Kreml Jenevaning Kavkazorti bo‘yicha muzokaralarini buzgan.

Shuningdek, Vashingtonning ma’lum qilishicha, Rossiya 2008-yilda o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bitimga muvofiq o‘z qo‘shinlarini urushdan oldingi pozitsiyasiga olib chiqib ketishini, shu bilan birga Abxaziya va Janubiy Osetiyaning tan olingan mustaqilligini bekor etishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Gruziya va Janubiy Osetiyaga qarshi kechgan urushdan so‘ng ikkita respublikaning mustaqilligini tan olgan edi.

Mavzuga doir: NATO Putin Abxaziyaga Tbilisi bilan kelishmasdan turib tashrif buyurganidan afsusda

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-08-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют