» » Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 340 kishidan oshdi

Xitoyda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 340 kishidan oshdi


Xitoy janubidagi Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan zilzila oqibatda jabrlanganlar soni 343 nafarga yetdi. Bu haqda Xitoyning CGTN telekanali mahalliy hokimiyatga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

Avvaloq, Ngava-Tibet avtonom okrugining hukumati 247 kishi jabrlandi deya xabar bergandi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni o‘zgarmagan, ularning soni hamon 19 kishini tashkil etmoqda.

Sichuan provinsiyasining Szyuchjaygou qishlog‘idagi yer osti silkinishlari birinchi bor 8-avgust, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:19 da qayd etilgan. Eng kuchli silkinishning magnitudasi 7,0 tashkil etgan. Silkinishlar o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila epimarkazi Chendu shahridan (Sichuan ma’muriy markazi) 280-300 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.

Shuningdek, yer osti silkinishlari Lanchjou, Chunsin, Minyan va Sian shaharlarida ham sezilgan. Bir necha soat davomida 770 ga yaqin aftershoklar qayd etilgan. Zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Xitoy Xalq ozodlik armiyasi, qurolli militsiya, yong‘in xavfsizligi xizmati, politsiya jalb etilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют