» » IShID Sinay shimolidagi politsiyachilarga qarshi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID Sinay shimolidagi politsiyachilarga qarshi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi


IShID terrorchilik tashkiloti misrlik to‘rt politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan Sinay yarimoroli shimolidagi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

9-avgust kuni jangarilar salonida politsiyachilar guruhi bo‘lgan avtomobilga hujum qilgan. Hujum viloyat poytaxti Al-Arish shahri yaqinida yuz bergan.

Jangarilar voqea joyidan yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari hududni o‘rab olib, terrorchilarni izlashga kirishgan.

Misr armiyasi va politsiyasi Sinayning markaziy va shimoliy hududlarida diniy aqidaparastlarning guruhlariga qarshi bir necha yildan beri kurash olib bormoqda.

Hududdagi jangari guruhlar orasida eng yirigi “Ansor Bayt al-Maqdis” bo‘lib, guruh IShIDga sodiqlik haqida qasamyod qilgan.

Misr xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi yillarda yuz bergan aksariyat terrorchilik xurujlari ortida aynan shu guruh jangarilari turibdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (10-08-2017, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют