» » Toshkent viloyatida 17 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Toshkent viloyatida 17 ta kichik sanoat zonasi tashkil etiladi


2017-yil oxiriga qadar Toshkent viloyatida 17 ta kichik sanoat zonasi (KSZ) tashkil etiladi. Bu Prezidentning 10-avgustdagi qarorida belgilandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qaror hududning boy tabiiy-iqtisodiy, mineral-xom ashyo, ilmiy-texnikaviy va mehnat salohiyatidan to‘liqroq foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan.

Toshkent viloyatida tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari quyidagilardir:

Bekobod shahar KSZ (“Bekobodyo‘lsanoat” korxonasi ishlab chiqarish hududi);

Bekobod tuman KSZ (sobiq ta’mirlash-mexanika garaji binosi);

Ohangaron tuman KSZ (sobiq “O‘zbekiston” jamoa xo‘jaligi bino va inshootlari);

Olmaliq shahar KZS (sobiq uy qurilish kombinati ishlab chiqarish maydoni);

Yuqorichirchiq tuman KSZ (tuman shifoxonasi akusherlik majmuasi tug‘ruq bo‘limining sobiq binosi);

Yangiyo‘l tuman KSZ (Yangiyo‘l 2503 avtokolonnasi);

Angren shahar KSZ (sobiq “Rezinatexnika” AJ qozonxona binosi);

Oqqo‘rg‘on tuman KSZ (“Oqqo‘rg‘on” MTPning bo‘sh bino va inshootlari);

O‘rtachirchiq tuman KSZ (“Toshkent temir-beton buyumlar zavodi” MChJ bino va inshootlari);

Quyichirchiq tuman KSZ (“Do‘stobod tajriba mexanika zavodi” MChJ bino va inshootlari);

Chirchiq shahar KSZ (“Suvoqova” DUK yakuniga yetmagan qurilish obyekti);

Chirchiq shahar KSZ (“Chirchiqselmash” zavodi ishlab chiqarish hududining bir qismi);

Bo‘ka tuman KSZ (“Bo‘ka” MTPning bo‘sh bino va inshootlari);

Pskent tuman KSZ (“Pskent” MTP bino va inshootlari);

Bo‘stonliq tuman KSZ (“G‘azalkent oyna” AJ hamda “O‘zenergosanoat” bino va inshootlari);

Qibray tuman KSZ (sanatoriya-profilaktoriyaning qurilishi yakunlanmagan binosi);

Parkent tuman KSZ (“Parkent” MTPning bo‘sh bino va inshootlari);

Chinoz tuman KSZ (“Qishloq xo‘jalik mahsulot ta’minot bazasi” DUKning foydalanilmayotgan bino va inshootlari).

Qarorda KSZlar hududidagi davlat ko‘chmas mulk obyektlari tadbirkorlik subyektlariga o‘n yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi. Biznes-planlar amalga oshirilgan hamda ish o‘rinlari saqlab qolinib, barcha soliqlar o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ularga xususiylashtirish huquqi taqdim etiladi.

KSZ hududlaridagi davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun nol qiymatdagi ijara narxi belgilandi. KSZ ishtirokchilariga Toshkentdagi kichik sanoat zonalari uchun belgilangan soliq imtiyozlari ham taqdim etiladi.

KSZ loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi import uskunalari va butlovchi qismlarni sotib olish uchun 50 million dollar miqdorida kredit liniyasini ochdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют