» » “Markaziy Osiyo — O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

“Markaziy Osiyo — O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi


11-avgust, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi, BMT Rivojlanish dasturi vakolatxonasi va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) loyihalari koordinatorining ofisi ishtirokida Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida “Markaziy Osiyo — O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda konferensiya joyidan “Daryo” muxbiri xabar qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiya va turizm Qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markazi rahbari va BMT bosh kotibining maxsus vakili Petko Draganov, BMT rezudent-koordinatori Helen Freyzer, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti koordinatori vazifasini bajaruvchi Xans-Ulrix Im, shuningdek,  Oliy Majlis deputatlari, Markaziy Osiyo davlatlaridan ekspertlar va tahlilchilar, Toshkent shahridagi diplomatik korpus vakillari, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchilari, respublika vazirlik va idoralari, ilmiy-tahliliy markazlari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Forumda keng jamoatchilikka O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy, mintaqaviy siyosati mohiyati va mazmuni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim masalalari bo‘yicha mamlakat pozitsiya va yondashuvlari haqida ma’lumotlar berilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют