» » O‘zbekistonda tashkil etiladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiya BMT shafeligida bo‘lib o‘tishi mumkin

O‘zbekistonda tashkil etiladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiya BMT shafeligida bo‘lib o‘tishi mumkin


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3-avgust kuni Toshkentda BMT bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi (BMTAYM) rahbari Tadamichi Yamamotoni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtayi nazaridan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston masalasini hal etishning asosiy sharti Afg‘onistonda ichki kelishuvga erishishdan tashqari mintaqaviy darajada konsesus hamda yirik xalqaro miqyosda o‘zaro anglash va umumiy yondashuvlarning mavjudligi deb hisoblaydi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Afg‘oniston bilan o‘zaro manfaat kasb etadigan turli yo‘nalishlarda, jumladan siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar hamkorlikni jadallashtirish orqali munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirmoqda. Aynan shu maqsadlarda O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili instituti tashkil etildi.

Tadamichi Yamamotoga O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiya to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mazkur tadbirni BMT shafeligida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Muloqot davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют