» » “Tolibon”ning o‘nlab a’zolari terakt muhokamasi chog‘ida tasodifiy portlash tufayli halok bo‘ldi

“Tolibon”ning o‘nlab a’zolari terakt muhokamasi chog‘ida tasodifiy portlash tufayli halok bo‘ldi


Afg‘oniston g‘arbidagi Farax viloyatida “Tolibon” radikal harakatining 30 nafar jangarisi ikkita shahid nimchasi muddatidan oldin portlab ketishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Khaama Press portali xabar berdi.

Toliblar viloyat hududida to‘planib, rejalashtirilayotgan teraktlarni muhokama qilayotgan edi.

Halok bo‘lganlar orasida “Tolibon” oliy qo‘mondonlik tarkibining bir necha a’zosi bor. Qancha jangari yarador bo‘lgani hozircha noma’lum.

Viloyat hokimi matbuot kotibiga ko‘ra, ushbu guruh nazorat-o‘tkazish punktlariga hujum uyushtirishni rejalashtirayotgan edi. Portlash aynan shu uchrashuv chog‘ida ro‘y berdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют