» » 5 daqiqada bajarish mumkin bo‘lgan 5 ta oddiy soch turmagi (foto)

5 daqiqada bajarish mumkin bo‘lgan 5 ta oddiy soch turmagi (foto)


Sochni turmaklashga vaqti yetishmaydiganlar uchun chiroyli, oddiy va tezkor turmaklar.

Sochni tepaga rezina bilan yig‘ing va uni uch qismga bo‘ling. Ikki chetdagi kokillar bilan o‘rtadagisi aylantirib, har bir aylanani rezina bilan bog‘lang. Rezinkali kokil doim o‘rtada qolsin.

O‘rim hajmdor bo‘lib chiqishi uchun kokillarni biroz tortib chiqing. Zarur bo‘lsa, lak sepib qotiring.

Sochning tepa qismini ajratib oling va “dum” qilib yig‘ing, rezinka taqing. Dumni ikkita kokilga ajrating. Ularni jgut qilib eshing va o‘zaro qo‘shib o‘ring. Uchiga rezinka taqib qo‘ying. Hosil bo‘lgan o‘rimni dumning asosiga spiral qilib o‘rang va to‘g‘nog‘ich yordamida mahkamlang.

Sochni pastga dum qilib yig‘ing. Tagiga qo‘lingizni solib, tuynuk hosil qiling va u yerga “dum”ni kiriting — shu tariqa siz rezinkani bekitasiz. Dumning qolgan qismini tarang, chig‘anoq shaklida o‘rang va to‘g‘nog‘ichlar yordamida qistiring. Tantanalar uchun turmakni gul shaklidagi tog‘nog‘ich bilan bezashingiz mumkin.

Sochingizni o‘rtadan ajratib, balandga ikkita dum qilib yig‘ing. Ularning har birini kokillarga ajratib, o‘ring. Ikkita o‘rimni biriga o‘rang va to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlang.

Sochni o‘rtadan ikkiga ajratib, ensadan yuzga qaratib fransuzcha o‘ring. Uchlariga rezinka taqing. Hosil bo‘lgan o‘rimlarni tepaga ko‘taring, boshni aylantirib o‘rang va orqa tomonga to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlang.

Manba: “Woman.ru”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют